User:Dilafruz Turdikulova

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search

​#taqriz

MIXAIL BULGAKOV "Usta va Margarita"

Nima haqida?

Boshqa asarlardan tamomila farq qiladi. Chunki unda yovuzlik va ezgulik kurashi kabi abadiy mavzu boshqacha kompozotsiyada yoritilgan. Asarni o‘qigan o‘quvchi mistika dunyosiga g‘arq bo‘lib jamiyat va inson illatlariga o‘zgacha ko‘z bilan qaray boshlaydi. Bir qarashda yorqin ko‘ringan voqealar tezligi, bir zumdan keyin, qusurlarimiz, barcha baxtsizligimiz sababi o‘zimizda emasmikan, barcha ayblarni boshqalardan emas, balki o‘zimizdan qidirishimiz kerak emasmikan, degan xotimaga kelishga majbur qiladi. O‘zligingizga qaytish jarayoni o‘xshashi yo‘q tarzda namoyon bo‘ladi.

Nimasi zo‘r?

"Usta va Margarita" - marhum adibning eng so‘nggi asari. Uni 12 yil davomida sayqallab yozib borgan va vafotidan bir necha kun avval tugallagan. Asarni mutolaa qilar ekansiz klassik jozibadorlikka, realistik nasrdan ikkinchi bir nasrga, achchiq satirik groteksdan hech qanday tanaffussiz hajvga o‘ta keskin suratda ko‘chirilishi sizni dovdiratib qo‘yadi. Asarda Rim shahrining Prokuratori haqidagi yana bir kichik asarga ducha kelasiz va ko‘plab ma‘lumotlarga ega bo‘lasiz, eng sof sevgini qahramonlar bilan boshdan o‘tkazasiz.

Tavsiya etiladi:

- Satirik, fantastik, psixologik tahlilga suyanadigan asarlarni o‘qishni yoqtiradiganlarga; - Ko‘p kitoblarni mutolaa qilgan, yangi janrlardagi asarlarni kashf etishga qiziqadigan insonlarga; - Psixologik kuzatuv qobiliyati teran insonlarga; - Oxiri yaxshilik bilan tugaydigan asarlarni yoqtiradigan insonlarga; - Rus millati tarixiga qiziquvchilarga.

Tavsiya etilmaydi:

- Realistik asarlarni yoqtirmaydiganlarga; - O‘limdan keyingi hayot borligiga ishonmaydiganlarga; - Tush va voqelik bir-biriga bog‘liq ekanligini inkor etadiganlarga; - Yengil yelpi asarlar o‘qishga odatlanib qolganlarga; - Uzoq vaqt stressdan chiqa olmaydigan ruhi noziklarga.

(Asar bir muncha murakkab va og‘ir, shaxsan men 6 oydan oshiq muddatda o‘qib tugatishga muvaffaq bo‘ldim, sizga ham o‘qishni maslahat beraman, qadrli kitobxon!)

Yosh chegarasi: 16+ Elektron varianti: mavjud. Shaxsiy reyting: (5/5) 🌟🌟🌟🌟🌟

Muallif: Turdikulova Dilafruz