User talk:Rakhimov Murodjon

From Wikimedia Commons, the free media repository
Jump to navigation Jump to search
Welcome to Wikimedia Commons, Rakhimov Murodjon!

-- Wikimedia Commons Welcome (talk) 06:29, 1 February 2024 (UTC)[reply]

Timur Mashrabjonovich Mamadjanov

[edit]

Timur Mashrabjonovich Mamadjanov – (1982-yilning 30-oktabrida tug‘ilgan) – davlat xizmatchisi, matbuot kotibi, jurnalist, filolog, O‘zbekiston Respublikasi Arqon tortish Milliy sport Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.

2021-yilning 15-sentabrdan “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi . Matbuot kotibi – boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmati rahbari hisoblanadi. Tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi asosida amalga oshirilgan .

Tarjimayi holi

1982-yil 30-oktabrda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. Namangan Davlat universiteti bakalavriatini (2011-y.), Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistraturasini (2013-y.) tamomlagan.

Mehnat faoliyati

T.Mamadjanov ommaviy axborot vositalaridagi ish faoliyatini 2009-yilda boshlagan. Shu davr ichida “Namanganskaya pravda”, “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyatlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimga tayinlangunga qadar “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari bosh muharrirning o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

“O‘z kasbining ustasi” ko‘krak nishoni sohibi. Rakhimov Murodjon (talk) 05:17, 27 February 2024 (UTC)[reply]